Olmosli koronka beton, g‘isht va tosh kabi qattiq materiallarda dumaloq teshik ochish uchun mo‘ljallangan. Koronkaning uzunligi 450 mm bo‘lib, chuqur teshik ochish ishlarida foydalanish mumkin. Korpusida kesish jarayonida hosil bo‘ladigan chang va chiqindilarni chiqarishga yordam beruvchi maxsus yon teshiklar mavjud. Mahsulot turli diametrlarda taqdim etiladi: 38, 40, 51, 56, 63 va 76 mm. Qurilish, ta’mirlash hamda kommunikatsiya quvurlari uchun teshik ochish ishlarida qo‘llanadi.

