Alfa Grand benzinli motopompasi — suvni tez va samarali haydab berish uchun mo‘ljallangan kuchli va ishonchli uskuna. Ushbu motopompa qishloq xo‘jaligi, qurilish ishlari, sug‘orish tizimlari, suv bosgan hududlardan suv chiqarish hamda favqulodda holatlarda foydalanish uchun juda qulay.
Motopompa 7,5 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 3600 aylanish/daqiqada yuqori unumdorlik bilan ishlaydi. Dvigatel 100% mis o‘ramga (obmotkaga) ega bo‘lib, bu uning uzoq muddat xizmat qilishi va qizib ketmasdan barqaror ishlashini ta’minlaydi. Suv so‘rish balandligi 7 metr bo‘lib, turli sharoitlarda samarali ishlash imkonini beradi.
Komplektiga 30 metrli yong‘in (pojar) shlangi hamda sifatli tashish sumkasi kiradi. Mustahkam karkasi va qulay tuzilishi tufayli foydalanish va tashish oson.
Model: WY-50
Model: WY-80
Model: WY-100
Alfa Grand motopompasi — kuch, sifat va ishonchlilikni birlashtirgan, professional va uy sharoitida foydalanish uchun a’lo tanlov.

