• Mahsulot turi: tug‘ruqdan keyingi belbog‘ / Bengkung
• Mo‘ljallanishi: tug‘ruqdan keyin qomatni tiklash, qorin mushaklarini va belni qo‘llab-quvvatlash
• Material: 100% paxta (Turkiya)
• Uzunligi: 15–20 metr
• Eni: +-20 sm
• Parvarish: 30°С da mashina yoki qo‘l bilan yuviladi, oqartirilmaydi
• Afzalliklari: mustahkam, nafas oladi, qorin va belni yaxshi fiksatsiya qiladi, bel og‘rig‘ini kamaytiradi
• Og‘irligi: ~400–600 g
• bandaj
• korset
MASCOTBABY benkung bandaj — 100% paxta (xb) matodan tayyorlangan an’anaviy dorodovoy va poslerodovoy universal qorin bandajidir. U homiladorlikning oxirgi oylarida qorinni ko‘tarib turish, belga tushadigan nagruzkani kamaytirish hamda tug‘ruqdan keyin qorin mushaklarini tiklash va qorinni yig‘ishga yordam beradi.
Matosi 100% paxta, yupqa, cho‘zilmaydigan va juda mustahkam. Nafas oluvchi mato bo‘lgani uchun yilning barcha fasllarida foydalanish mumkin — terlatmaydi, tanani qizdirmaydi va allergiya bermaydi. Sezgir teri uchun ham xavfsiz.
Benkung 4 xil uzunlikda ishlab chiqariladi: 12 m, 15 m, 18 m va 20 m. Asosan ayolning bo‘yiga qarab tanlanadi. Unda aniq razmer yo‘qligi sabab qomat o‘zgarganda ham bemalol o‘rab foydalanish mumkin, ya’ni “razmer to‘g‘ri kelmadi” degan muammo bo‘lmaydi. Shu sabab bitta benkung bir ayolga uzoq yillar xizmat qiladi.
Foydalanish sohalari:
— Homiladorlikning oxirgi oylarida qorinni ko‘tarish
— Tug‘ruqdan keyin qorinni tiklash va yig‘ish
— Bel og‘riqlarida qo‘llab-quvvatlash
— Hayz davrida qo‘shimcha qulaylik uchun
Benkungni to‘g‘ridan-to‘g‘ri badanga yoki yupqa mayka/futbolka ustidan o‘rash mumkin. Bo‘ksadan ko‘krak tagigacha o‘ralganda tabiiy korset effekti beradi va bel hamda qorinni yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi. Ichki kiyimlar benkung o‘ralgandan keyin kiyilsa, kun davomida noqulaylik tug‘dirmaydi va yechishga hojat qolmaydi.
Bir kunda o‘rtacha 6–8 soat o‘rab yurish tavsiya etiladi. Noqulaylik bo‘lmasa kun davomida ham foydalanish mumkin, yotishdan oldin yechiladi. Birinchi foydalanishdan oldin matoni yengil chayib olish tavsiya etiladi — shunda mato yanada yumshoq bo‘lib qoladi.
Mustahkam mato tufayli mahsulot uzoq muddat, ko‘p yillar davomida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanilishi: Benkungni tug‘ruqdan so‘ng mushak tonusini yaxshilash va tiklanishni tezlashtirish uchun ishlating. Shuningdek, bu mahsulot homiladorlikning oxirgi oylarida ham foydalanish mumkin.
O`lchami:
XS 12 metr - bo`yi 155 smdan past
S 15 metr - bo`yi 165 sm gacha
M 18 metr - bo`yi 165 smdan 175 smgacha
L 20 metr - bo`yi 175 smdan baland
Tavsiya: Agar qomati to`ladan kelgan bo`lsa bitta katta o`lcham olish zarur.

