«Sevgi» so‘zi ko‘pincha ot sifatida ta’riflanadi, biroq agar biz uni fe’l sifatida qo‘llasak, yanada chuqurroq seva olgan bo‘lardik», — deb yozadi Bell Huks o‘zining «Sevgi haqida hamma narsa» (All About Love) asarida dadil va jo‘shqin ohangda. O‘ziga xos va chuqur shaxsiy ruhdagi ushbu asarda taniqli olima, madaniyatshunos va feminist Bell Huks muhabbatdan mahrum bo‘lib qolgan jamiyatga — bu yerda gap romantika yetishmovchiligi haqida emas, balki g‘amxo‘rlik, hamdardlik va birlikning yo‘qligi haqida ketmoqda — murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, odamlar o‘rtasidagi parokandalikka jamiyatning sevishni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan namunani taqdim eta olmagani sabab bo‘lmoqda.

