Belkin Boost Charge Pro 3-in-1 — bu Apple ekotizimi foydalanuvchilari uchun yaratilgan qulay va zamonaviy quvvatlash markazi. U bir vaqtning o‘zida iPhone (MagSafe 15 Vtgacha), Apple Watch barcha modellari va AirPods naushniklarini quvvatlay oladi.
MagSafe texnologiyasi iPhone’ni magnit orqali tez va aniq joylashtiradi, quvvatlash jarayonini yanada barqaror va xavfsiz qiladi. Alyuminiy va sifatli plastikdan tayyorlangan mustahkam korpus uzoq xizmat qiladi va premium ko‘rinishga ega. Ixcham minimalistik dizayn esa ish stoliga ham, yotoqxona tumbasiga ham juda mos tushadi.
Ushbu 3-v-1 stansiya Apple qurilmalari ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar uchun eng tartibli, eng qulay va eng tez quvvatlash yechimidir.

