Dunyoda baxtli sevgi hayotini orzu qilmaydigan inson yo‘q. Ammo baxtni qanday topish va uni qanday saqlab qolish mumkin? Umidlar puchga chiqishining oldini olish va qalbdagi ishq tuyg‘usini so‘ndirmaslikka qanday erishish mumkin? Rossiyalik taniqli amaliyotchi psixolog Konstantin Sheremetev shunga amin-ki, har bir juftlik o‘ziga xos bo‘lishiga qaramay, romantik munosabatlar ham umumiy qonuniyatlar va qoidalar asosida kechadi. Ular bilan tanishish orqali siz ko‘ngil qolishi va og‘riqli kechinmalardan holi bo‘lgan holda, muhabbatning eng nozik jihatlarini his etishingiz mumkin.

