• Mutloq batareyada ishlaydigan eshik qo'ngirog'i
• Simsiz eshik qo’ng’irog’i
• Masofadan boshqariladigan qo’ng’iroq
• Namlikka chidamli, suv o’tkazmaydigan zvonok
• 3 tagacha ovoz balandligi va ovozsiz rejimi
• 150 metrgacha masofa
• Komplektida tashqi blok (tugma) batareyasi bor
• Qo’llanmani tushunmasangiz, chat orqali biz bilan bog’laning
Terminator TDB016DC va TDB015DC — elektr tarmog‘iga ulanmaydigan, faqat batareyadan quvvat oluvchi zamonaviy eshik qo‘ng‘iroq tizimi hisoblanadi. Qo‘ng‘iroq tugmasi va qabul qiluvchi (asosiy) blok o‘rtasidagi aloqa to‘liq simsiz bo‘lib, o‘rnatish va foydalanishni juda osonlashtiradi. Simsiz aloqa — tugma va qabul qiluvchi o‘rtasida ishonchli radioaloqa (kanallarning interferensiyaga chidamliligi) ta’minlangan. Uni hattoki uy bekalari tamonidan ham o’rnatilsa bo’ladi. O’rnatish ko’p vaqt va boshqa jihozlar talab etmaydi. Vint yoki ikki tomonlama yopishqoq lenta yordamida bir necha daqiqada o‘rnatishingiz mumkin. 38ta melodiyalar va ovoz darajasi — turli kerakli sharoitlar uchun moslab sozlashingiz mumkin. Tugma va qabul qiluvchi yuqori sifatli plastikdan (namlik va zarba chidamli) ishlangan. Aloqa diapazoni ochiq maydonda: 150 m gacha, ichki sharoitda bir nechta devorlar orqali esa taxminan 40-50m. gacha ichlaydi. Ishlash chastotasi: past quvvatli RF diapazoni (odatiy iste’molda ~433 MHz). Chiqish ovoz darajasi: 70–85 dB (1 metrda). Turli melodiyalar va ovoz balandligi sozlamalari mavjud. Ishlash harorati: -10 °C dan +50 °C gacha (standart uy sharoitlari uchun mos).

Oq TDB019DC:
Qadoqdagi hajmi: Eni-15.5sm, Uzunlik-22sm. Balandlik-4sm
Tashqi blok hajmi: Eni-4.1sm, Uzunlik -7.2sm. Balandlik-2sm.
Ichki blok hajmi: Eni-7.5sm, Uzunlik -11.5sm. Balandlik-3sm
Umumiy og’irligi: 175gr. (3ta AA batareyasiz)

Oq (qaymoq) TDB016DC:
Qadoqdagi hajmi: Eni-15.5sm, Uzunlik-22sm. Balandlik-4sm
Tashqi blok hajmi: Eni-4.1sm, Uzunlik -7.2sm. Balandlik-2sm.
Ichki blok hajmi: Eni-7.5sm, Uzunlik -11.5sm. Balandlik-3sm
Umumiy og’irligi: 170gr. (3ta AA batareyasiz)
Oq (Lyodniy) TDB015DC:
Qadoqdagi hajmi: Eni-15.5sm, Uzunlik-22sm. Balandlik-4sm
Tashqi blok hajmi: Eni-4sm, Uzunlik -8sm. Balandlik-2sm.
Ichki blok hajmi: Eni-8sm, Uzunlik -13sm. Balandlik-3.3sm
Umumiy og’irligi: 180gr. (3ta AA batareyasiz)
- Birinchi navbatda eshik qo’ng’irog’i tugmasini oling va komplektidagi batareyani o’rnating. Batareya faqatgina eshik qo’ng’irog’i (tashqi tugma) uchun. Ichki qurilma uchun esa AA tipidagi 3dona batareya qo’yiladi (komlplektiga kiritilmagan). Batareya tugma bosilishiga qarab 1 yildan 5 yilgacha yetadi. Batareya quvvati tugagandan so’ng albatta uni utilizatsiya qiling. Iltimos doim sifatli alkaline bataeryalardan foydlaninig, bu qo’g’iroqni uzoq muddat xizmat qilishiga yordam beradi.
- Eshik qo’ng’irog’ini maxsus ikki tamonlama yelimli lenta bilan eshikni tashqi tamoniga devorga qotiring. Yoki komplektdagi ikkita samarez yordamida qotiring. Bunda eshik qo’ng’irog’ini metal buyumlarga va elektr toki o’tgan joylarga o’rnatish tavsiya etilmaydi.
- Ichki blokning yon tamonidagi ikki tugma (DOWN va UP) yordamida o’zingizga mos qo’ng’iroq musiqasini tanlang
- Ichki blokning yon tamonidagi boshqa (alohida turgan) tugma yordamida esa ovoz bland yoki pastligini sozlang.
- Ikkinchi ichki blok (kattasi)ni uyingizni istalgan joyiga o’rnating. O’rnatishdan avval qo’ng’iroqni tekshirib ko’ring. Ayrim hollarda qo’ng’iroq pastroq yoki bir me’yorda eshitilmaydi. Bunga oradagi halaqit signallari yoki devorlarning qalinligi sabab bo’lishi mumkin.
- Va ESHIK QO’NG’IROG’I tayyor. Tashqi tamondan bosib tekshirishingiz mumkin)
- Tashqi va ichki bloklarga batareya qo’yish uchun qo’g’iroqcha ostida kichik teshikcha bor. Uning ichidagi plastik oyoqchani ehtiyotkorlik bilan bosing va oching. Batareya qo’yishda ahamiyatli bo’ling. Uning musbat va manfiy tamonlarini adashtirib yubormang.
- Tashqi blok (tashqi tugma)ni metal buyumlarga va elektr toki o’tgan simlarga yaqin qotirish tavsiya etilmaydi. Bu qo’ng’iroq o’zidan o’zi ishlab ketishiga va tez buzulishga sabab bo’ladi.
- Eshik qo’ng’irog’ini imkon qadar, qattiq beton, gipsokarton, g’ishtli devorlarga o’rnating.
- Eshik qo’ng’irog’i qor, yomg’ir va namlikka chidamli ammo uni tashqi va ichki bloklarini imkon qadar suv tushmaydigan joylarga o’rnating.
- Elektr tokida turganida uni ho’l mato bilan artmang yoki tozalashga urinmang.
- Chang yutgich yoki kuchli shamoldan himoyanlang.

