O‘lchovli va to‘g‘ri yuvish:
Kir yuvish mashinasida: Suv haroratini 30°C dan oshirmang. Paxta tolalari issiq suvda kirishib qolishi mumkin. "Nozik yuvish" (Деликатная стирка) yoki "Paxta 30°" (Хлопок 30°) rejimini tanlang.
Yuvish vositasi: Rangli matolar uchun mo‘ljallangan suyuq gellardan foydalaning. Xlor va kuchli oqartiruvchi vositalarni mutlaqo ishlatmang, ular mato tolalarini va rangini buzadi.
Siquv (Otkim): Kir yuvish mashinasida siqish tezligini 600–800 aylanishdan oshirmang. Kuchli siqish matoni haddan tashqari g‘ijim qilib yuboradi.
Quritish: To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida yoki isitish batareyalarida quritish tavsiya etilmaydi. Kiyimni tekis yoygan holda, soyada quritgan ma’qul.
To‘g‘ri dazmollash:
Dazmol rejimi: Dazmolni "Paxta" (Cotton) yoki o‘rtacha issiqlik rejimiga qo‘ying.
Asosiy sir: Pijamani sal nam holatida dazmollash juda oson va samarali. Agar kiyim qurib ketgan bo‘lsa, dazmolning bug‘lash (пар) funksiyasidan foydalaning yoki ozroq suv seping.
Teskari tomoni: Matoning ustki qismi yaltirab qolmasligi va sifati buzilmasligi uchun kiyimni teskari (ichki) tomonidan dazmollang.

