Professional sartarosh kreslosi — qulaylik, sifat va zamonaviy dizayn uyg‘unligi!
Ushbu premium kreslo yuqori sifatli eko koja (sun’iy charm) bilan qoplangan bo‘lib, yumshoq, qulay va tozalash uchun oson. Mustahkam konstruksiyasi va zamonaviy mexanizmlari uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan.
Kresloning eng katta afzalligi — spinkasi orqaga yotqizilganda oyoq qo‘yish qismi ham avtomatik ravishda ko‘tariladi, bu esa mijozga maksimal qulaylik yaratadi. 360° aylanish imkoniyati, balandlikni sozlash mexanizmi, keng va yumshoq o‘rindig‘i ish jarayonini yanada qulay qiladi.
Hashamatli ko‘rinishi, puxta ishlangan detallari va mustahkam tagligi bilan ushbu kreslo har qanday sartaroshxona va barbershopga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. Sifat, komfort va chiroyli dizaynni qadrlaydigan professionallar uchun ajoyib tanlov!

