📌 Kitob nomi: Baqirmaydigan onalar, Men bolamni urmayman
📌 Muallif: Xadicha Kubro Tongar
📌 Til: O‘zbek
📌 Yozuv: Kirillcha
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Sahifalar soni: 240
📌 Qisqacha mazmun:
Bu kitob qalbimni tirnadi ....
Jamiyatdagi eng maʼsum, o‘zini himoya qila olmaydigan, zo‘ravonlik ko‘rsa-da, aybdor kabi boshini egib turadigan va ne ajabki, yana o‘sha zo‘ravon kattalar ko‘ziga mehr istab termilib, sal xayrxohlik sezsa yelkasini qisibgina ularning bag‘riga intiladigan beg‘uborlar ruhiy olamini yurakdan his qildim.
Bolaligida ruhiy-hissiy, jismoniy, jinsiy tajovuz qurboni bo‘lganlarning mahzun hikoyalarini mutolaa qilish naqadar mushkul bo‘lmasin, kelgusida bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan jasoratli bir chaqiriq sifatida dolzarb hamdir.
Kitobni o‘qigach, qalbingizdagi bolalikka yangi hayot baxsh etishga jazm qilsangiz, sizni faqat olqishlaymiz!
Farzandingizni hurmat qilasizmi? Albatta, yaxshi ko‘rasizmi deb so‘ramoqchi emasmiz, chunki millati, irqi, dinidan qatʼiy nazar ona maqomidagi zot borki, farzandini o‘z jonidan bir necha karra ortiq sevishi, shubhasiz! Ammo Yaratgandan beg‘ubor bir omonat, go‘zal hadya bo‘lmish bolamizga munosib munosabat ko‘rsatish, farzand tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermasligi rost.
Qo‘lingizdagi mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz. Muallif bolalarga “bizniki” deb qarash noto‘g‘ri ekani, aksincha, biz bor-yo‘g‘i Egasining oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

