XADICHA KUBRO TONGAR
BAQIRMAYDIGAN BOLALAR
Sokin va sezgir farzandlar tarbiyalash yo'riqnomasi
Assalomu alaykum onajonim,
Bu men, farzandingizman.
"Kim ekanligingni shundoq ham bilaman" demang, chunki biz hali hanuz
yaqindan tanishmiz, deb o'ylamayman. Menimcha, meni tanish uchun
yetarlicha harakat qilmadingiz?
Agar bir-birimizni taniganimizda, yig'lagan, o'jarlik qilgan, qo'rqib jahl qilgan
paytimda sizga nimanidir tushuntirishga urinayotganimni sezgan bo'lardingiz.
Siz mening harakatlarimga emas, balki ularning asl sababiga e'tibor qaratgan
bo'lardingiz. Shunda "u meni xafa qilish uchun shunday qilyapti", "faqatgina
meni g'ashimga tegmoqchi bo'lyapti”, deb o'ylamagan bo'lardingiz. Mening
har bir hatti-harakatimning ortida ma'lum bir ehtiyoj borligini his qilardingiz.
Mana bugun siz bilan tanishish istagida ushbu kitobni qo'llaringizga
tutqazyapman...
Meni taniganingizdan so'ng sevgingiz ortishini his qilyapman. Kelajak sari
qadam qo'yganimda qo'llab-quvvatlashingizni, qo'limdan tutishingizni,
hayotim yo'llarini siz bilan birgalikda bosib o'tishni istayapman.
Sizni bor fazilatlaringiz, kamchiliklaringiz bilan juda-juda yaxshi ko'raman.

