Kartholder — bank kartalari, ID karta va haydovchilik guvohnomasi uchun ixcham alyuminiy g'ilof
Hamyonsiz yuring: kerakli kartalaringiz bitta yupqa, yengil korpusda. Pastdagi richagni bossangiz, kartalar pog'onama-pog'ona chiqib keladi — kerakligini bir soniyada olasiz.
Afzalliklari
Alyuminiy korpus — mustahkam, kartalar egilmaydi va tirnalmaydi
RFID himoya — kontaktsiz kartalarni masofadan o'qib olishdan himoyalaydi
Qulay mexanizm — bir bosishda kartalar chiqadi
Juda yengil — atigi 39 g, cho'ntakda sezilmaydi
Ixcham — shim yoki ko'ylak cho'ntagiga, sumkaga bemalol sig'adi
Kimga mos
Ko'p hamyon olib yurishni yoqtirmaydiganlarga
Haydovchilarga — guvohnoma va texpasport kartasi doim bir joyda
Sovg'a sifatida — erkak va ayollar uchun amaliy sovg'a
Ranglar: qora, sarg'ish, olcharang, kumushrang.
Maslahat: sig'imi kartalar qalinligiga bog'liq; bo'rtma (qavariq) raqamli kartalar ko'proq joy egallaydi.

