WPE LS seriyali beineratsion (inertsiya kuchisiz) g'altaklar — bu zamonaviy dizayn va yuqori texnologiyalarning uyg'unligidir. Ushbu model og'ir yuklamalarga bardosh berish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, u yirik baliqlarni (sazan, oq amur, laqqa) ovlashda, shuningdek, uzoq masofaga aniq otishni talab qiladigan fider va kuchli spining ovi uchun ideal tanlovdir.
G'altakning korpusi yuqori sifatli kompozit materialdan tayyorlangan bo'lib, u yengillikni saqlagan holda zarbalarga chidamlidir. Mexanizmning silliq va ravon ishlashi baliq tortish jarayonini zavqli qiladi.
WPE LS modellari ergonomik dizaynga ega. Tutqich (ruchka) metall, yig'iladigan turdagi bo'lib, uni chap yoki o'ng qo'lga moslashtirib o'rnatish mumkin. Tutqichning uchi (knob) rezina qoplamali bo'lib, ho'l qo'lda ham sirpanib ketmaydi.
Qaysi o'lchamni tanlash kerak?
LS 6000 / 7000: Yirik sazan ovi (karpfishng) va kuchli oqimda fider ovi uchun mo'ljallangan quvvatli modellar.

