Siz tajribali baliqchi bo'lasizmi yoki endigina ushbu sevimli mashg'ulotni boshlayotgan havaskormi, bizning g'altaklar (katushka) assortimentimiz sizga mos keladi. Ushbu to'plamda siz spinning, donka va oddiy qarmoqlar uchun eng mashhur va sinalgan modellarni topishingiz mumkin. Har bir model o'zining mustahkamligi, silliq ishlashi va qulayligi bilan ajralib turadi.
Siz o'zingizga kerakli modelni "Rang/Model" bo'limidan tanlashingiz mumkin. Quyida har bir modelning batafsil tavsifi keltirilgan.
Bu model o'zining 6 ta podshipnigi (6BB) tufayli juda yumshoq va silliq aylanishga ega. Old friksion tormoz tizimi yirik baliqlarni tortib olishda, ayniqsa "o'yin" qilishda (vyvajivaniye) aniq ishlashni ta'minlaydi.
"Kobra" – bu baliqchilar orasida eng mashhur va ishonchli byudjet g'altaklaridan biri. Uning asosiy ustunligi – orqa friksion tormoz tizimi bo'lib, u ko'pchilikka donka (tag qarmoq) usulida baliq tutishda qulaylik yaratadi.
Bu ixcham va yengil g'altak, ayniqsa yosh baliqchilar yoki yengil qarmoq (poplavok) ishqibozlari uchun mo'ljallangan. Eng katta qulayligi shundaki, u zavoddan tayyor o'ralgan leska bilan birga keladi. Sotib olasiz va darhol baliq oviga chiqishingiz mumkin.

