Ayollar uchun baland belimli klassik klyosh shimlar — nafis, zamonaviy va universal model bo‘lib, turli xil obrazlar yaratish uchun juda mos keladi. Ushbu ayollar shimlari qomatga chiroyli tushib, bel va son chizig‘ini ta’kidlaydi. Tizzadan pastga kengayib boruvchi klyosh fason oyoqlarni vizual ravishda uzunroq va qomatni yanada ixcham ko‘rsatadi.
Shimlar yuqori sifatli kostyum matosidan tayyorlangan. Matosi o‘z shaklini yaxshi saqlaydi, kiyilganda chiroyli turadi va klassik ko‘rinish beradi. Qulay fasoni tufayli shimlarni kundalik hayotda, ishda, ofisda, maktabda, o‘qishda, uchrashuvlarda, sayrda, bayram va turli tadbirlarda kiyish mumkin.
Baland bel fasoni belni chiroyli ko‘rsatadi va obrazga nafislik qo‘shadi. Shimni ichiga kiritilgan ko‘ylak, bluzka yoki klassik rubashka bilan kiyib, qat’iy va zamonaviy ofis obrazini yaratish mumkin. Top, futbolka, vodolazka yoki kofta bilan uyg‘unlashtirilganda esa kundalik va zamonaviy obraz hosil bo‘ladi.
Modelning asosiy xususiyati — tizzadan boshlab klyosh bo‘lib kengayishi. Son qismida qomatga mos tushadigan, tizzadan pastda esa kengayadigan fason oyoqlarni uzunroq ko‘rsatishga yordam beradi. Old qismidagi strelkalar shimga klassik va tartibli ko‘rinish beradi hamda siluetni vizual ravishda cho‘zadi.
Afzalliklari:
✓ Baland bel fason
✓ Klassik klyosh bichim
✓ Tizzadan pastga kengayuvchi fason
✓ Son qismida chiroyli turadi
✓ Old qismida strelkalar mavjud
✓ Bel chizig‘ini ta’kidlaydi
✓ Oyoqlarni vizual ravishda uzunroq ko‘rsatadi
✓ Qomatni ixcham va nafis ko‘rsatadi
✓ Sifatli kostyum matosi
✓ Qulay va universal model
✓ Ofis va ish uchun mos
✓ Maktab va o‘qish uchun mos
✓ Kundalik kiyim sifatida foydalanish mumkin
✓ Bayram va kechki obrazlar uchun mos
✓ Turli xil ko‘ylak va koftalar bilan moslashadi
✓ Poshnali tufli va krossovka bilan kiyish mumkin
✓ Turli qomatdagi ayollar uchun mos
✓ Katta razmerlar ham mavjud

