Fands sportdan badiiy gimnastika uchun forma (futbolka va kapri). Ushbu to'plam elastan qo'shilgan yuqori darajadagi paxta matodan ishlab chiqarilgan . Ko'krak qismida gimnastikachi silueti tushirilgan pechat yon tarafda kontrast qo'shimchalar bor bo'lib mashg'ulot vaqtida harakatni cheklamaydi. Ushbu model lekalasi gimnastikachilar tomonidan bir necha bor sinovdan o'tgan. Kapri xam elastan qo'shilgan yuqori darajadagi paxta matolasidan tikilgan bo'lib, pastki qismida yon tarafda qarama-qarshi kontrast qo'shimchalar mavjud bo'lib, ular harakat erkinligini ta'minlaydi. Kapri o'rtacha posadkaga mo'ljallangan. Elastik kamar mashg'ulot vaqtida noqulaylik tug'dirmaydi. Bizning formamizda siz o'zingizni erkin va qulay his qilasiz. Ushbu toplam sizning gimnastikachingiz uchun ideal sovg'a. Bizning brendimiz kiyimlari bilan trendda bo'ling.
FandS Sport mahsulotlari o'zimizda ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan. To'plam quyidagi o'lchamlarda taqdim etiladi: (bo'yi/yoshi) 110-116/5-6 yosh, 122-128/7-8 yosh, 134-140/9-10 yosh, 146-152/11-12 yosh, 158-164/13-14 yosh, 170-176/15-16 yosh.

