Amari Piters bedarak yo‘qolgan akasi Kvintonning tirik ekanligiga bo‘lgan ishonchini bir zum ham yo‘qotmadi. Hatto politsiya buning aksini aytganida yoki akasini endi qaytib kelmaydi deb ta’na qilgan bezorilarga qarshi chiqqani uchun muammoga duch kelganida ham u o‘z fikridan qaytmadi.
Shu bois, akasining shkafidan ichida "G‘ayritabiiy hodisalar byurosi"dagi yozgi saralash sinovlariga nomzodlik taklifi bo‘lgan va "tik-tik" ovoz chiqarib turgan portfelni topib olganida, u ushbu sirli tashkilot Kvintonni topishda kalit vazifasini o‘tashiga amin bo‘ldi — faqat buning uchun u sehrgarlar, parilar, o‘zga sayyoraliklar va boshqa g‘ayritabiiy mavjudotlarning haqiqatan ham mavjudligi haqidagi fikrni qabul qila olsa, bas edi.

