Romantik-sarguzasht romanlari turkumi bilan mashhur bo‘lgan yozuvchi Pol Sheldon avtohalokatdan mo‘jizaviy tarzda omon qoladi.
Biroq u kasalxonada emas, balki notanish ayol — o‘rta yoshli, yolg‘iz hamshira Enni Uilksning uyida o‘ziga keladi. Aynan Enni uni mashina qoldiqlaridan chiqarib olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va hayotini saqlab qolgan edi.
Ammo ko‘p o‘tmay, yozuvchi Enni aslida o‘zi ko‘rsatganidek inson emasligini anglab yetadi. Pol asarlarining ashaddiy muxlisi bo‘lgan bu ayol uni o‘lim changalidan insoniylik yoki rahm-shafqatdan yiroq bo‘lgan g‘arazli maqsadlar yo‘lida qutqarib olgan edi...

