Ayollar uchun zamonaviy avtomat zont. Ochish va yopish bitta tugma orqali amalga oshadi, shuning uchun bir qo’l bilan ham qulay foydalanish mumkin.
Zont 3 buklamali bo’lib, sumkaga oson sig’adi. Gumbazi 23" (taxminan 58 sm), 9 ta sim bilan mustahkamlangan, shamolga chidamli. Ramasi qora po’lat va plastikdan, tutqichi qulay, qayish bilan jihozlangan.
Matosi satin (raqamli bosma), yorqin va nozik vintage gul naqshiga ega. Chetlari rangli hoshiya bilan bezatilgan. Yomg’irdan ishonchli himoya qiladi va quyoshdan ham asraydi.
Har biri alohida chiroyli sovg’a qutisida, shuning uchun sovg’a sifatida ham mos.
Ranglar: moviy-feruza, qizil hoshiyali, kulrang, bej-pushti, ko’k.

