Ayollar yozgi keng bichimli ko‘ylagi — issiq mavsum uchun zamonaviy va qulay tanlov. Ko‘ylak keng bichimda tikilgan, tanaga yopishmaydi va kun davomida qulaylik beradi. Yengil matosi tanaga yoqimli, issiq havoda kiyishga mos keladi va havodor siluet yaratadi. Ko'ylak pastki volani esa ko‘ylakka mayinlik va jozibador uslubini beradi.
Ushbu modelni sayrga, dam olishga, safarga, dala hovliga, uyda kiyishga yoki har kungi yozgi obraz uchun tanlash mumkin. Oddiy va minimalistik dizayni tufayli ko‘ylak sandal, shippak, sumka va yozgi aksessuarlar bilan chiroyli uyg‘unlashadi.

