Ayollar uchun yozgi kostyum dvoyka: orqasida chiroyli rasmi bor oversayz futbolka va bog’ichli keng shim. Sutdek oq futbolka va och kulrang shim bir-biriga yarashib, yengil, toza va zamonaviy ko’rinish beradi. Paxta aralash matodan tikilgan, shuning uchun mato yengil, yumshoq va tanaga yoqimli tegadi. Ayollar dvoykasi sifatida uyda, sayrda, safarda, do’stlar bilan uchrashuvda va kundalik kiyim sifatida mos keladi.
Razmeri: standart razmer, 44 dan 50 gacha tushadi. Futbolka oversayz va erkin kesimli, shim keng, shuning uchun kostyum tanani siqmaydi va ko’pchilik ayollarga to’g’ri keladi.
Mato: paxta aralash. Yengil, yumshoq, teriga yoqimli va issiq kunlarda ham qulay.
Qaysi fasl uchun: bahor va yoz kunlari uchun juda qulay.
Futbolka: erkin oversayz kesim, tushgan yelka, yarim yeng. Old tomonida kichik nashi, orqa tomonida katta chiroyli rasm bor, shuning uchun kiyim boshqalardan ajralib turadi.

Shim: keng va erkin kesimli, belida rezinka va bog’ich bor, o’zingizga moslab bog’laysiz, bosmaydi. Yurganda chiroyli tushadi va figurani to’g’ri ko’rsatadi. Cho’ntaklari bor.
Qulayligi: futbolka va shimni alohida ham kiyish mumkin, bitta kostyum, ikki xil obraz.
Qayerda kiyiladi: uyda, sayrda, safarda, do’konga chiqishda, do’stlar bilan uchrashuvda, kundalik kiyim sifatida.
Parvarish: 30°C gacha suvda, ichkariga ag’darib yuving, rasm ustini ishqalamang. Oq futbolkani rangli kiyimlardan alohida yuving. Soyada quriting, quritgich mashinasida quritmang, dazmolni ichkari tomondan bosing, rasm ustidan dazmollamang.



