Ayollarning nafis didi va go‘zalligini yanada ochib beruvchi ushbu Van Cleef uslubidagi zargarlik jamlanmasi o‘zining nozik dizayni, yaltirab turgan mayda toshchalari va mukammal shakli bilan ajralib turadi. har bir qismi bir-biriga uyg‘un tarzda ishlangan.
Klaver (gulli) shaklidagi dizayn — omad, baxt va noziklik ramzi bo‘lib, ayollar obraziga o‘zgacha jilo qo‘shadi. Undagi yorqin toshlar yorug‘likda jilolanib, taqinchoqqa qimmatbaho ko‘rinish beradi. Bu komplekt kundalik kiyimdan tortib to bayramona liboslarga qadar hammasida zo‘r moslashadi.
Ushbu jamlanma sovg‘a qilish uchun ham juda qulay: tug‘ilgan kun, nikoh, to‘y, bayram yoki yaqin insoningizga e’tibor belgisi sifatida eng yaxshi tanlov bo‘la oladi.


