Ayollar va qizlar uchun zamonaviy sport kostyumi — kundalik hayotda qulaylik va chiroyli ko‘rinishni qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlov!
Mahsulot ishlab chiqarishimiz emas, chetdan keltirilgan tayyor kiyim. Matosining sifati juda yaxshi, yumshoq va kiyishga yoqimli. Kiyimning bichimi va pasadkasi juda qulay bo‘lib, tanada chiroyli turadi. Uzunroq bichimi esa o‘zini qulay his qilishni istaydigan ayollar va qizlar uchun ayni muddao.
Kostyum uch qismdan iborat:
O‘ziga xos jihati — shimning ikki yon tomonida zamoklar mavjud. Xohishingizga qarab zamoklarni ochib yoki yopib kiyishingiz mumkin. Bu nafaqat o‘ziga xos ko‘rinish beradi, balki kiyim uslubini ham o‘zgartirish imkonini yaratadi.
Ustki kurtkasi zamokli bo‘lib, old qismida zamok ustini yopib turadigan maxsus matoli qoplama mavjud. Bu kiyimga yanada tartibli va chiroyli ko‘rinish beradi.
Kostyumning standart razmerlari mavjud: 48, 50, 52 va 54. O‘zingizga mos razmerni tanlab, qulay va erkin harakatlanishingiz mumkin.
Sport kostyumini sayrda, kundalik hayotda, safarda, dam olishda yoki boshqa kundalik mashg‘ulotlarda kiyishingiz mumkin. Uch qismdan iboratligi sababli har birini alohida kiyimlar bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin.

