Nafis va zamonaviy dizayndagi ayollar botinkasi — klassik uslub va zamonaviy detallarning uyg‘unlashgan modeli. Chuqur jigarrang va qora tus, zamsh fakturasi hamda laklangan elementlar oyoq kiyimga yanada didli va qimmatbaho ko‘rinish beradi.
Modelning uchli burun qismi oyoq siluetini yanada nafis ko‘rsatadi. Burun qismidagi yaltiroq laklangan detal dizaynga o‘ziga xos aksent qo‘shadi.
Keng va barqaror poshna qulay yurishni ta’minlaydi hamda kundalik foydalanish uchun mos keladi. Poshnadagi laklangan qoplama modelning umumiy uslubini yanada mukammal qiladi.
Botinkaning asosiy qismi yumshoq va nafis zamsh fakturasidagi materialdan ishlangan. Orqa qismida joylashgan zamok esa oyoq kiyimni qulay kiyish va yechish imkonini beradi.
Universalligi tufayli ushbu model ko‘ylak, yubka, klassik shim, jinsi va turli ustki kiyimlar bilan mukammal uyg‘unlashadi. Kuzgi va kishgi obrazlar uchun nafis va zamonaviy tanlov.

