• Moslashuvchan o'lcham: 16 dan 19 gacha
• Har qanday kiyim va holatga moslashuvchi zamonaviy aksessuar
Ayollar uchun mo‘ljallangan nafis va universal moslashuvchan o‘lchamdagi uzuklar to‘plami! Ushbu uzuklar bujiteriya mahsulotidan tayyorlangan bo‘lib, teriga zarar yetkazmaydi va allergiyaga olib kelmaydi. Har bir model o‘zining nozik dizayni, zamonaviy uslubi va kundalik qulayligi bilan ajralib turadi.
Uzuklar 16 dan 19 gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun moslashadi, shuning uchun uni har qanday barmoqda qulay taqish mumkin. Yurak shaklidagi romantik modellar, geometrik va minimalist shakllardagi uzuklar sizning har xil obrazlaringizga mos tushadi – istalgan kiyim uslubiga uyg‘unlashadi. Tilla, kumush, shaffof metall va boshqa moda ranglar mavjud.
Diqqat! Ushbu uzuklar suv, parfyumeriya, yuvish vositalari va ishqoriy moddalardan saqlanishi lozim. Suvga tez-tez tegib turishi natijasida qoplamasi buzilishi yoki rangida o‘zgarish kuzatilishi mumkin. Uzoq xizmat qilishini istasangiz, ularni yechib qo‘ygan holda saqlang.
Xususiyatlari:
• Material: bijuteriya
• O‘lcham: Moslashuvchan (16–19)
• Ranglar: Tilla, kumush, kulrang, shaffof, qora va boshqa

