Yuqori sifatli, o‘rtacha qalinlikdagi trikotaj matodan tayyorlangan. Matosi tanaga yoqimli, yumshoq va issiq tutadi, shu bilan birga nafas oladi. Kuz–qish mavsumi va salqin bahor kunlari uchun juda mos. Kundalik kiyish, sayr, ishga yoki o‘qishga borishda, sport uslubidagi obrazlar uchun ideal variant.
Model yarim zamokli (old qismi zipli), kapyushonli va oldida keng, qulay cho‘ntagi bor. Yeng va pastki qismi manjetli bo‘lib, kiyimni chiroyli ushlab turadi. Kroysi qulay, tana tuzilishiga chiroyli tushadi, harakatga halal bermaydi. Yuvilganda shaklini yo‘qotmaydi, rangi o‘chmaydi.
Mavjud razmerlar: XL, XXL
Mavjud ranglar: qora, bejiviy, to‘q seriy
Har uchala rang ham universal bo‘lib, jinsi shimlar, sport shimlari yoki klassik casual kiyimlar bilan oson kombinatsiya qilinadi. Sifat, qulaylik va zamonaviy dizaynni qadrlaydiganlar uchun a’lo tanlov ✨

