Ayollar uchun zamonaviy sport kostyum-troyka — qulaylik, zamonaviylik va universallikni o‘zida mujassam etgan uch qismli kiyim to‘plami. Komplekt futbolka, shalvar va ustki sportivkadan iborat. Kostyum paxta matosidan tikilgan bo‘lib, tanaga yoqimli, kiyishda qulay va kundalik foydalanish uchun mos. Mahsulot 48 dan 54 gacha bo‘lgan razmerlarda taqdim etiladi. Razmerlari standart bo‘lib, odatda kiyib yuradigan razmeringizga qarab tanlashingiz mumkin. Ustki kiyim uzunligi 73 sm. Shalvari keng va qulay bichimda tikilgan bo‘lib, uzun bo‘yli qizlarga ham mos keladi. Shalvarning pastki qismida tortadigan rezinkalari mavjud bo‘lib, ular kiyimning oyoqqa chiroyli joylashishini ta’minlaydi. Shalvarida zamoklar ham bor, bu esa modelga o‘ziga xos ko‘rinish va qo‘shimcha qulaylik beradi. Kostyumni xohishga qarab uchala qismini birgalikda yoki alohida-alohida kiyish mumkin. Ustki sportivkani oddiy kundalik kiyim sifatida, futbolkani esa jinsi shim yoki boshqa kiyimlar bilan uyg‘unlashtirib kiyish imkoniyati mavjud. Ushbu to‘plam sayr qilish, o‘qishga borish, universitet, sayohat, dam olish va kundalik yumushlar uchun juda qulay. Sportivniy uslubni yoqtiradigan, erkin harakatlanish va qulaylikni qadrlaydigan ayollar uchun ajoyib tanlov. Birgina komplekt yordamida turli xil obrazlar yaratish mumkin.

