• Oson parvarish qilinadi va tez tozalanadi
• Universal va trend dizayn
• Kun bo‘yi qulaylik beradi
• Sirpanmaydigan mustahkam taglik
Zamonaviy dizayndagi ushbu ayollar tuflisi kundalik hayot uchun mo‘ljallangan universal va qulay model hisoblanadi. Minimalistik klassik uslubda yaratilgani sababli turli kiyimlar — jinsi shim, klassik shim, yubka va ko‘ylaklar bilan oson uyg‘unlashadi. Oyoq kiyimning ustki qismi sifatli eko charm materialdan ishlangan bo‘lib, u yumshoq, elastik va uzoq muddat foydalanishga chidamli.
Qalin va relfli taglik yurish vaqtida maksimal qulaylik beradi hamda sirpanishga qarshi himoya qiladi. Bu esa kun davomida ko‘p harakat qiladiganlar uchun ayniqsa muhim. Ichki qismi oyoqqa yoqimli bo‘lib, uzoq vaqt kiyilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Shnurovka (bog‘ichli) dizayn tufayli oyoqqa moslab mahkam qilib bog‘lash mumkin, bu esa barqarorlikni oshiradi.




