Koftasi: To‘q yashil rangda, uzun bichimli, yoqimli va yumshoq matodan tayyorlangan. Yon qismidagi choklari kiyimga o‘ziga xos ko‘rinish berib, qomatni chiroyli ko‘rsatadi.
Shimi: Qora rangda, yumshoq va qulay matodan. Bel qismi qisilmaydi, kun bo‘yi kiyib yurish uchun juda qulay.
Afzalliklari: Mato teriga yoqimli, yuvilganda rangini yo‘qotmaydi va shaklini o‘zgartirmaydi. Ishga, o‘qishga, sayrga yoki uyda kiyish uchun mos keladi.

