Ayollar uchun zamonaviy va nafis uzun nimcha-kardigan. O‘ziga xos dizayni, naqshli matosi va chiroyli bezaklari bilan kundalik obrazingizga alohida ko‘rinish beradi. Mahsulotning eng qulay jihati — yenglari yechiladigan bo‘lib, uni ikki xil usulda kiyish mumkin: yengli kardigan yoki yengsiz nimcha sifatida. Old qismidagi tugmalar, qulay cho‘ntaklar va bel qismidagi bezakli tasma modelga yanada chiroy bag‘ishlaydi. Kuz va bahor mavsumida kofta, vodolazka yoki boshqa kiyimlar ustidan kiyish uchun mos. 48–60 o‘lchamlarda mavjud.

