Ayollar uchun uzun palto kundalik, ish va uchrashuvlar uchun klassik obraz yaratishga mos keladi. Qaytarma yoqa va old qismining ustma-ust yopiladigan bichimi paltoga nafis ko‘rinish beradi. O‘z matosidan tayyorlangan belbog‘ yordamida bel qismini moslab bog‘lash mumkin.
Old tomonidagi ikkita katta qoplama cho‘ntak mayda buyumlarni joylashtirish uchun qulay. Uzun yenglari va sodda dizayni paltоni ko‘ylak, shim hamda turli oyoq kiyimlari bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Belbog‘ini bog‘lab yoki oldini ochiq holda kiyish mumkin.
Ranglari: to‘q jigarrang, to‘q ko‘k va bordo. Razmeri: standart, S–XXL o‘lchamlariga mos keladi

