Ayollar uchun bijuteriya uzugi: asosi mis, ustiga 18 karat sariq tilla yugurtirilgan, fianit toshli. Iliq sariq tus tekis yotadi va nurni yumshoq aks ettiradi. Bunday uzukni oila bayramlariga va kechki uchrashuvlarga taqish qulay. Uni bir tusdagi ziraklar va bilaguzuk bilan birga taqsangiz, ortiqcha taqinchoqsiz ham nafis chiqadi. Parvarishi oddiy: uzukni eng oxirida, pardoz va atirdan keyin taqing, dush va uyqudan oldin yeching, quruq yumshoq mato bilan arting hamda alohida qopchada saqlang.

