✨ Yozgi kunlar uchun yengil, qulay va nafis ko‘ylak!
Erkin bichimli uzun model harakatlanishga xalaqit bermaydi va kundalik foydalanish uchun qulay. Yumshoq, yengil g‘ijimlangan teksturali matosi ko‘ylakka zamonaviy va o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Ingichka lyamkalari hamda pastki qismidagi keng volani obrazni yanada chiroyli to‘ldiradi.
Ko‘ylakni alohida yoki ustidan yengil oq rubashka kiyib uyg‘unlashtirish mumkin. Sayr, plyaj, sayohat va kundalik yozgi obrazlar uchun ajoyib tanlov.

