• Yumshoq va tanaga yoqimli mato
• Yengil, qulay va nafas oladigan material
• Sozlanadigan yupqa bretelelar
• Elastik bel qismi — tanani siqmaydi
• Mayin va estetik ko‘rinish
• Yozgi mavsum uchun ayni muddao
• Shortik va maykadan iborat qulay to‘plam
Ayollar uchun lyamkali mayka va shortikdan iborat qulay pijama to‘plami. Yumshoq va yoqimli trikotaj matodan tayyorlangan bo‘lib, tanaga mayin tegadi va kun davomida maksimal qulaylik beradi. Nafas oladigan, yengil hamda elastik tuzilishga ega.

Mayka sozlanadigan (rostlanadigan) bretelkalarga ega, bu esa gavdaga mos tushishini ta’minlaydi.
Shortiklar elastik bel qismi bilan qulay o‘tiradi, harakatni cheklamaydi. Ayrim modellarda shortik cho‘ntaksiz bo‘lib, silliq va ixcham ko‘rinish beradi.

Zamonaviy va yorqin printlar, nafis ranglar hamda chiroyli kesim uy sharoitida, dam olish va uyqu uchun ideal tanlov hisoblanadi.
Mato tarkibi modeliga qarab paxta va elastan aralashmasidan iborat bo‘lib, shaklini yaxshi saqlaydi.




