To‘g‘ri kesimli maksi yubka soddaligi bilan ajralib turadi va kundalik hamda ofis uslublariga mos keladi. Model shaklni yaxshi ushlab turuvchi zich, biroz fakturali matodan tikilgan bo‘lib, kiyishda qulaylik yaratadi. Bel qismi baland bo‘lib, qomatni chiroyli ko‘rsatadi, tikuv detalchalari esa siluetga silliqlik baxsh etadi. Orqa tarafda joylashgan chuqur yorik harakatda erkinlik beradi. Belda kamar uchun ilgaklar mavjud. Yon cho‘ntaklar modelni yanada amaliy qiladi. Ushbu yubka bluzka, ko‘ylak, sviter yoki crop-toplar bilan osonlikcha uyg‘unlashadi.

