Ayollar uchun mo‘ljallangan zamonaviy tibbiy kostyum. Kofta oq rangda bo‘lib, yoqa, yenglar va yon qismlarida bordo rangli bezaklar mavjud. Ko‘krak qismida dekorativ cho‘ntak, pastki qismida esa qulay ikkita katta cho‘ntak mavjud. Shim bordo rangda, yon cho‘ntaklar bilan jihozlangan. Erkin va qulay fasoni ish davomida harakatlanishni osonlashtiradi. Tibbiyot klinikalari, shifoxonalar, laboratoriyalar, stomatologiya va go‘zallik salonlari uchun mos.

