Losina yuqori belli fason bilan ishlab chiqarilgan bo‘lib, bel qismida qulay joylashadi. Cho‘ziluvchan matosi harakatlanishda qulaylik yaratadi va gavda shakliga moslashadi. Mayin, yoqimli trikotaj teksturasi kun davomida o‘zingizni erkin his qilishingizga yordam beradi.
Mahsulot nachossiz, ya'ni ichki tukli qoplamasiz. Vertikal mayda naqshli ribana teksturasi losinaga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Turli ustki kiyimlar, futbolka, sviter, tunika va koftalar bilan uyg‘unlashtirish mumkin.
Olti xil zamonaviy rangda mavjud: qora, bej, jigarrang, och kulrang, oq va bordoviy. Har bir rang kundalik garderobga oson moslashadi.

