Ko‘ylak klassik yoqa, old qismidagi tugmalar va qisqa yenglar bilan ishlab chiqilgan. Yeng uchlaridagi rangli chiziqli bezaklar hamda old qismidagi dekorativ yozuvlar dizaynni yanada jozibali qiladi.Erkin va keng bichimi tanada qulay turadi, harakatlanishni cheklamaydi. Ko‘ylakni kundalik hayotda, uyda, sayrda, dam olishda va turli norasmiy uchrashuvlarda kiyish mumkin.
Mahsulotning asosiy bezagi — rang-barang gullar va katta dekorativ tasvir. Yorqin ranglar oq fon bilan uyg‘unlashib, zamonaviy va yosh ko‘rinish yaratadi. Turli shimlar, jinsi shimlar va boshqa kundalik kiyimlar bilan moslashtirish mumkin.
Ushbu ayollar ko‘ylagi qulaylik va o‘ziga xos uslubni birlashtirgan. Standart razmerda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 44–52 razmerdagi ayollar uchun mo‘ljallangan. Kundalik garderob uchun chiroyli va amaliy tanlov.
