Zamonaviy uslubda yaratilgan bu ayollar uchun ko‘zoynak — nafislik va funksionallikni birlashtirgan ajoyib tanlovdir. Klassik kapalak shaklidagi ko‘z oynak dizayni, yo‘lbars naqshli (tortoise shell) korpus va quyuq linzalari bilan nafaqat quyosh nurlaridan ishonchli himoya qiladi, balki sizning imidjingizga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi.
Bu modeldagi achki yengil plastik materialdan tayyorlangan bo‘lib, yuzda qulay o‘rnashadi va uzoq taqishda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. U moda ixlosmandlari, fotosuratlar, sayohat va kundalik kiyimlarga mos keladigan universal aksessuardir.
Ushbu ko‘z oynaklar bir nechta jozibali rang variantlarida taqdim etilgan: klassik qora, nozik va chiroyli pushti, hamda chuqur va zamonaviy bordoviy korpusli modellari mavjud. Qaysi rangni tanlamang, sizning uslubingizga mos keluvchi ochki topiladi!

