Ayollar va qizlar uchun qishki qalin joggerlar — issiq, yumshoq va qulay shimlar
Ayollar uchun qishki qalin joggerlar — sovuq kunlarda qulaylik, issiqlik va zamonaviy uslubni birlashtirgan ajoyib tanlov! Ushbu ichi nachosli issiq shimlar yumshoq va qalin matodan tayyorlangan bo‘lib, kuz va qish mavsumida kundalik kiyish uchun juda mos keladi.
Keng fasonli ayollar joggerlari harakat erkinligini ta’minlaydi va tanada qulay turadi. Bel qismi elastik rezinka hamda bog‘ich bilan jihozlangan. Shimning pastki qismini maxsus qisqich yordamida toraytirish yoki keng holatda kiyish mumkin. Bu esa bir jogger bilan turli xil zamonaviy obrazlar yaratish imkonini beradi.
Afzalliklari:
- Ichi qalin, yumshoq va issiq nachosli
- Keng, erkin va zamonaviy fason
- Bel qismi rezinkali va bog‘ichli
- Shimning pastki qismini toraytirish mumkin
- Sovuq ob-havo uchun qulay
- Standart razmer: 44–54
- Kundalik kiyish, sayr, sayohat va dam olish uchun mos