Ayollar uchun zamonaviy qishki troika qulayligi va chiroyli dizayni bilan ajralib turadi. Komplekt kapyushonli, rombsimon naqshda tikilgan issiq nimcha va qulay shimdan iborat. Nimchaning old qismida zamok, yon tomonlarida cho‘ntaklar mavjud. Yumshoq va qulay bichimi kundalik kiyishda erkin harakatlanish imkonini beradi. Sayr, dam olish va salqin ob-havoda foydalanish uchun mos. Och kulrang, qora va to‘q yashil ranglarda mavjud. O‘lchamlari: 52, 54, 56. Ichki qismi dvoykasi yumshoq, original materialdan, ustki yengsiz qismi plashofka. Bemalol avtomat kir yuvish mashinasida 60 C(gradus) da yuvish mumkin.

