"Pushti yurak" — nafislik va romantika ramzi!
Ushbu to'plam har qanday ayol obraziga o'zgacha jilo bag'ishlaydi. Markaziy qismidagi yurak shaklidagi yirik pushti tosh va uning atrofidagi mayda kristallar yorug'likda xuddi qimmatbaho toshlardek porlaydi. Bayramona liboslar yoki kundalik uslub uchun nafis qo'shimcha.

