Ayollar uchun lapsha matodan tayyorlangan pijama to‘plami uyda dam olish va qulay uyqu uchun ajoyib tanlovdir. To‘plam qisqa yengli futbolka va keng sharvardan iborat. Yumshoq va tanaga yoqimli mato havo o‘tkazuvchan bo‘lib, kun davomida qulaylik yaratadi. Mato yengil, harakatni cheklamaydi, oson yuviladi, tez quriydi hamda ko‘p marotaba yuvilgandan keyin ham shakli va rangini yaxshi saqlaydi. Zamonaviy yurakcha printi mahsulotga nafis ko‘rinish beradi. M–XXL standart o‘lchamlarda, oq, qora, qizil va bordo ranglarda mavjud. Kundalik foydalanish va sovg‘a uchun ham mos.
Parvarish qilish
30°C dan oshmagan haroratda yuving.
Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang.
Past haroratda dazmollang.
Kir quritgichda quritmang.
Tabiiy usulda quriting.
O‘xshash rangdagi kiyimlar bilan yuving.

