Victoria's Secret Bombshell Eau de Parfum — yorqin, o‘ziga ishongan va zamonaviy ayollar uchun yaratilgan mashhur atir. U marakuya, greypfrut, ananas, qulupnay va mandarinning shirali notalari bilan ochilib, tetiklik va quvonch bag‘ishlaydi.
Yurak qismida pion, yasemin, marvaridgul (landish), orxideya va qizil rezavorlar uyg‘unlashib, atirga nafislik va romantik kayfiyat baxsh etadi.
Asosida oq mushk, yog‘ochsimon notalar va eman moxi iliq, nafis va uzoq davom etuvchi shleyf hosil qiladi. Ushbu atir kundalik foydalanish, sayr, uchrashuvlar va bayramlar uchun mukammal tanlovdir.

