• Atir guruhi – gul va mevali, nafis va yorqin
• Iz qoldirishi – issiq, maftunkor, yog‘och va gul notalari bilan
• Ideal foydalanuvchi – o‘ziga ishongan va uslubini biladigan ayollar
• Barqarorlik – terida 8-10 soatgacha saqlanad
Good Girl Gone Bad — qarama-qarshi xarakterlarni uyg‘unlashtirgan kompozitsiya. U noziklik va jozibadorlikni birlashtiradi. Ochilishida osmanthus, yasemin va may atirguli sezilib, juda boy va gulli start beradi. Osmanthusning yengil mevali ohangi aromatga noodatiy nafislik qo‘shadi.
Yurak qismida tuberoza va nargis gullari paydo bo‘ladi. Bu bosqich atirni yanada chuqur va hissiy qiladi. Gul akkordlari silliq va kremsimon tus olib, hashamatli kayfiyat yaratadi.
Bazada ambra va kedr notalari kompozitsiyani muvozanatlashtiradi. Ular hidga iliqlik va uzoq davom etuvchi shleyf beradi. Atir kuchli emas, lekin juda sezilarli va o‘ziga xos aura yaratadi. Ayniqsa kechki obrazlar, romantik uchrashuvlar va sovuq mavsum uchun juda mos.
Chidamliligi yaxshi, shlefi o‘rtacha va nafis. Premium va gulli boy aromatlarni yoqtiradigan ayollar uchun ajoyib tanlov.

