Rieker brendining ayollar qishki botinkalari o‘zining zamonaviy dizayni va yuqori sifati bilan ajralib turadi. Modelning ustki qismi ekokojadan tayyorlangan. Ichki qulaylik uchun haroratni saqlaydigan va sovuqdan himoya qiladigan sun'iy jundan tayyorlangan issiq astar ishlatilgan. Patagi (stelsi) esa yumshoq velyurdan ishlangan. Modelda poyabzalni kiyish jarayonini tez va oson qiladigan yonma zamok (chaqmoq) hamda oyoqqa moslashishni ta'minlaydigan an'anaviy bog‘ichlar mavjud. Qulaylik darajasini oshirish uchun Germaniyaning patentlangan Rieker Antistress texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan termoplastik poliuretan taglik qo‘llanilgan. Ushbu texnologiya qadamlarni yumshatadi, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlarga tushadigan yukni kamaytiradi hamda kun bo‘yi charchamasdan yurish imkonini beradi. Taglikning qo‘lda tikilish usuli poyabzalni yengil, o‘ta egiluvchan va mustahkam qiladi, uning shakli va qulayligini uzoq vaqt saqlab qoladi. Botinkalar quruq va biroz nam ob-havo uchun mo‘ljallangan.

