Ayollar uchun zamonaviy yubkali kostyum nafis va klassik ko‘rinishni yoqtiradigan ayollar uchun ajoyib tanlov. Komplekt tugmali nimcha va tizzagacha tushadigan klassik yubkadan iborat. Nimchaning zamonaviy bichimi, chiroyli yoqasi va cho‘ntak detallari obrazga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlaydi. Oq ko‘ylak bilan uyg‘unlashgan kostyum ishga, ofisga, uchrashuvga, mehmondorchilikka va bayramlarga mos keladi. Turli rang variantlari mavjud. Kundalik va rasmiy obrazlar uchun qulay tanlov. Yubkaning uzunligi 83sm.

