• Nafis va klassik dizayn
• Ixcham va yengil korpus
• Bilakka qulay remeshok
• Kundalik va bayramona obrazlar uchun mos
• Aniq ishlovchi kvarts mexanizm
• Oddiy karobkada yetkazib beriladi
• Sovg‘a qilish uchun ham qulay variant
Classic Elegant ayollar qo‘l soati — soddalik, nafislik va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan klassik aksessuardir. Ushbu model kundalik foydalanish uchun ham, bayram va maxsus tadbirlar uchun ham juda mos keladi.
Soat ixcham va nozik korpusi tufayli bilakda juda chiroyli ko‘rinadi. Minimalistik siferblat dizayni vaqtni aniq va qulay o‘qish imkonini beradi. Yumshoq remeshogi bilakka qulay o‘rnashib, uzoq vaqt taqilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi.
Ushbu soat oddiy, toza va mustahkam karobkada yetkazib beriladi, bu esa uni sovg‘a sifatida ham qulay variantga aylantiradi.
Classic Elegant — ayollik, did va soddalikni qadrlaydiganlar uchun ideal tanlov.

