Ayollar uchun nafis baxmal komplekt. Komplekt ustki qism va keng bichimli shimdan iborat. Ustki qismi o‘rama uslubda ishlangan bo‘lib, old qismida bezakli yurakcha va kapalak shaklidagi aplikatsiyalar, shuningdek nafis jiyak detalari mavjud. Yumshoq baxmal mato mahsulotga chiroyli yaltiroq ko‘rinish beradi, erkin bichim esa qulaylik yaratadi. Bayram, mehmondorchilik, tantanali tadbirlar va maxsus kunlar uchun mos.
Material: baxmal
Komplekt: ustki qism + shim
Bezagi: dekorativ aplikatsiya, jiyak
Yengi: uzun yeng
Mos keladi: bayram va tantanali tadbirlar uchun

