Tayyor to'plam: bir uslubdagi sun'iy marvaridli marjon va sirg'alar. To'y, bitiruv, yubiley va oddiy ko'ylak ostiga mos. Universal sovg'a. Gardishi tilla rang qoplamali bijuteriya qotishmasidan, oddiy taqishda qoraymaydi. Uzaytirgichli marjon, uzunligi sozlanadi. Mixcha qulfli sirg'alar.

